O‘zbekistonning 26ta standarti YeOIIga muvofiqlashtiriladi

© AP Photo / Patrick SemanskyMarkirovka tovarov
Markirovka tovarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Obuna bo‘lish
Asosiy maqsad - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorida O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekistonda qabul qilingan 52ta texnik reglamentlarning 26tasi YeOII texnik reglamentlariga muvofiqlashtiriladi. Bu haqida "O‘zstandart" agentligi huzuridagi departament boshlig‘i Zoirjon Omonov Kun.uzga xabar qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston texnik reglamentlari Yevroosiy ittifoqi reglamentlariga mosligi solishtirib chiqilib, ulardan 26tasini qayta ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan. 
Mutaxassis aytishiga qaraganda, bundan asosiy maqsad - O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash.
"Chunki respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar YeOII normativlaridan past bo‘lsa, ertaga bizning mahsulotlarimiz YeOII bozorida raqobatbardoshligini yo‘qotib qo‘yadi", - dedi departament boshlig‘i.
Omonov aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasida 52ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lib, ulardan 12tasi - maxsus reglament hisoblanadi. YeOIIda esa 48ta reglament mavjud.
Yangiliklar lentasi
0