15:38 19 May 2019
Efir
  • RUB129.74
  • EUR9501.05
  • USD8458.16
AQSH elchixonasi. Arxiv surʼat

Toshkentdagi AQSH elchixonasiga yonuvchi uskunalar tashlandi

© U.S. Embassy Tashkent
Hodisalar
Havola olish
126211

Dushanba kuni AQSH elchixonasi hududiga yondiruvchi aralashma solingan uskunalar otildi.

 

TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. 28 sentyabr ertalab soat 7:30larda notanish shaxs tomonidan AQSH elchixonasi hududiga yondiruvchi aralashma solingan ikki moslama irgʻitildi. Ulardan biri portladi. Natijasida hech kim zarar koʻrmadi, AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xabariga koʻra. 

Bu vaqtda elchixona hali ishini boshlanmagan edi, shuning uchun u yerda hali odam kam edi. Yuz bergan voqea natijasida elchixona ishini taxminan bir soatga toʻxtatdi.  

Hozirgi kunda hukumat vakillari bilan birgalikda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Elchixona ishini toʻliq davom ettirmoqda.

Eslatib oʻtamiz oxirgi marta Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasiga oxirgi marta 2004 yilda tajovuz boʻlgandi. Ushanda portlovchi modda ishlatilishi oqibatida ikki kishi halok boʻlgandi.

 

Asosiy mavzular