23:26 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Oʻzbekiston chegara punkti. Arxiv surʼat

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasida yana mojaro yuz berdi

© Flickr / upyernoz
Hodisalar
Havola olish
319925

Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekiston chegarachisiga tan jarohatlari yetkizishdi.

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Fargʻona viloyati, Toshtepa aholi punkti yaqinida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarachilari orasida toʻqnashuv boʻldi, Oʻzbekiston MXX Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi vakili xabariga koʻra.

28 sentyabr kuni, soat 12:00 atrofida ikki qirgʻiz harbiysi Oʻzbekiston chegara chizigʻini kesib oʻtgan. Oʻzbekiston chegarachilari ulardan birini ushlab olgan, ikkinchisi boʻlsa oʻz hududida yashirinishga muvaffaq boʻlgan.  

“Qoʻlga olingan chegarabuzar qattiq qarshilik koʻrsatgan, oqibatda bir oʻzbek harbiysi boshidan jarohat olgan va hushini yoʻqotgan”, — dedi suhbatdosh.

Uning soʻzlariga qaraganda shu vaqtda Qirgʻiziston hududidan bir toʻda mahalliy aholi yordamga kelgan, ular hushini yoʻqotgan oʻzbek chegarachisini olib ketishgan.

“Qirgʻizlar yaralangan harbiyga nafaqat jarohatlar yetkizishgan, balki undan jangovor patronlarni, pichoq-nayza, qoʻl soati va boshqa buyularini tortib olishgan”, — dedi u.

Keyinroq oʻtkazilgan kelishuv natijasida oʻzbek chegarachisi Vataniga qaytarilgan va shifoxonaga yotqizilgan.

“Biz jabrlangan harbiyning tanasida koʻplab jarohatlar topdik. Xususan uning boshida katta yara, yuzida va tanasining boshqa joylarida koʻplab lat yegan va momotaloq boʻlgan joylar bor. Hozir uning ahvoli “oʻrta ogʻir”” – dedi  tuman shifoxonasi Bosh vrachi.

Harbiyning buyumlari jangovor patronlar, pichoq-nayza, soat va shaxsiy nomeri yozilgan jeton Qirgʻiziston fuqarolarida qolgan.

Asosiy mavzular