20:49 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Hodisalar
Havola olish
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)
57311

Rossiyaning oʻnta regioni OIV borasida ayanchli ahvolda, Sverdlovsk viloyati ular orasida yetakchi oʻrinda

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning oʻnta regioni OIV borasida ayanchli ahvolda, Sverdlovsk viloyati ular orasida yetakchi oʻrinda, dedi Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova jurnalistlargan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Noyabr boshida Yekaterinburg sogʻliqni saqlash boshqarmasi shaharda 26693 OIV infektsiyasini yuqtirish holati qayd etilganini maʼlum qilgandi. Bu har yuz ming kishiga 1826 kishini, yaʼni shahar aholisining 1,8 foizini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, shahardagi har 50-fuqaro mazkur virusni yuqtirgan. Bundan tashqari, 774 nafar bola roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 342 nafarida kasallik borligi tasdiqlangan.

Dushanba kuni Yekaterinburgga Sverdlovsk viloyatidagi OIV yuqtirish holatini oʻrganish uchun Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Sergey Krayev boshchiligidagi komissiya tashrif buyurdi.

Skvortsovaning aytishicha, "OIV yuqtiruvchi barcha manbalarning 57%ini inʼyektsiya yoʻli bilan yuqtirish, koʻpincha geroin qabul qiluvchilar tashkil etadi. OIV 40% holatlarda jinsiy yoʻl orqali yuqqan", – dedi vazir.

"Shuning uchun 85ta regionning 10tasida vaziyat ayanchli. Birinchi oʻrinda Sverdlovsk viloyati – yaqinda matbuotda shov-shuvga aylangan Yekaterinburg turibdi", — dedi Skvortsova.

Mavzu:
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)

Asosiy mavzular