02:17 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
120725

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida chet el valyutasini pullamoqchi boʻlgan 35 yashar Usmonjon Yusupov, 37 yashar Rahmatullo Rajabov va 34 yashar Alisher Dadajonovlar qoʻlga olindi

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari katta miqdorda chet el valyutasini pullamoqchi boʻlgan uch nafar fargʻonalikni qoʻlga oldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridagi manba.

Noyabr oyida Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh faoliyatining oldini olishga qaratilgan tadbirni amalga oshirgan edilar.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida chet el valyutasini pullamoqchi boʻlgan 35 yashar Usmonjon Yusupov, 37 yashar Rahmatullo Rajabov va 34 yashar Alisher Dadajonovlar qoʻlga olindi.

"Aytib oʻtilgan shaxslar guruhning yana bir aʼzosi boʻlmish Usmonjon Yusupovning uyida maxsus xaridorga 15 ming dollarni 105 million soʻmga pullayotgan vaqtda qoʻlga olingan", — deb taʼkidlagan kuch ishlatish tuzilmalaridagi manba.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi 177 moddasi 2 bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Teglar:
valyuta, AQSH dollari, dollar

Asosiy mavzular