05:43 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
25801

14 yashar maktab oʻquvchisining halokati haqidagi xabar payshanba kuniyoq tarqalib ketgan boʻlsa-da, ammo rasmiy tashkilotlar bu borada izoh berishga shoshilmadilar

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida joylashgan maktablarning birida oʻsmir nobud boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

Bu haqda nashrga shahar ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati rahbari Sofya Kilishbekova xabar qilgan.

Kilishbekovaning soʻzlariga koʻra, sakkizinchi sinf oʻquvchisi, 2002 yilda tugʻilgan oʻsmir Ostonadagi №59 maktabda oʻlik holatda topilgan.

30 noyabr kuni soat taxminan 13:00da oʻquv sinfida topilgan jasadda hech qanday zoʻrvonlik izlari aniqlanmagan.

ayni vaqtda oʻlim holati yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza oʻtkazilishi belgilangan.

Tergov doirasida politsiya xodimlari biron-bir izoh bermayapti.

Teglar:
politsiya, ekspertiza, Ostona, oʻlik, maktab, Qozogʻiston

Asosiy mavzular