01:51 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
137511

Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugida roʻy bergan YTH oqibatida 12 kishi halok boʻlgan. Jabrlanganlar orasida ikki nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud boʻlib, Ergasheva Zulfiya Sarvar qizi mudhish hodisa natijasida halok boʻlgan, Ergasheva Gavhar Sarvar qizi esa ogʻir ahvolda Xanti-Mansiysk shahrining nevroxirurgik shifoxonasiga yotqizilgan

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, vazirlik Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugida halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi jasadini olib kelish ishlari tashkillashtirmoqda.

Joriy yilning 4 dekabr kuni (Moskva vaqti bilan) soat 14:40 da, Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk okrugida "Tyumen-Xanti-Mansiysk" yoʻnalishining 926 kilometrida muayyan reys boʻyicha qatnovchi avtobus ishtirokida, ikki yengil va ikki yuk avtomobillarining toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Avtobusda 34 nafar yoʻlovchi boʻlgan.

YTH oqibatida 22 kishi jabrlanib, 12 kishi halok boʻlgan. Jabrlanganlar orasida ikki nafar 2001 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud boʻlib, Ergasheva Zulfiya Sarvar qizi mudhish hodisa natijasida halok boʻlgan, Ergasheva Gavhar Sarvar qizi esa ogʻir ahvolda Xanti-Mansiysk shahrining nevroxirurgik shifoxonasiga yotqizilgan.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida Xanti-Mansiysk okrugidagi YTH oqibatida halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Z.Ergashovaning jasadini (marhumning otasi S.Ergashev hamrohligida) Toshkent shahri aeroportiga olib kelinishi tashkillashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari K.Aripov boshchiligida, tegishli vazirlik idoralar bilan birgalikda marhumning tanasini dafn joyiga (Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Susam QFYga) yetkazib berish choralari koʻriladi.

Teglar:
avtohalokat, Rossiya, musobaqa, gimnastikachi, avariya, Sarvar Ergashev, Gavxar Ergasheva, XMAO, Rossiya

Asosiy mavzular