00:29 16 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
410874

Xishrav qoʻrgʻoni hududida joylashgan chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidan topilgan koʻplab miqdordagi eshaklarning jasadlari kim tomonidan va nima uchun soʻyilgan? Buni aniqlash maqsadida IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Samarqand shahri tashqarisidagi Xishrav qoʻrgʻoni hududida joylashgan markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida koʻp miqdorda eshak jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlandi, deb xabar qilingan Samarqand viloyat hokimligi rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, 2016 yilning 5 dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Tedeyev murojaat qilib, Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ommaviy tarzda yirik shoxli hayvonlarning jasadlari va turli qoldiqlari tashlab yuborilganligini hamda mazkur holat oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiyasiga olib kelishi mumkinligini bayon etgan.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Samarqandda eshaklar goʻristoni yoʻq qilinishi

Bundan tashqari mazkur holat joriy yil 6 dekabrida jurnalist T.Rahmatullayevning feysbukdagi sahifasida yoritilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat hokimi boshchiligida DSENM bosh vrachi, tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, veterinariya, favqulodda vaziyatlar, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, Samarqand tumani hokimi hamda masalaga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida voqea joyi borib oʻrganildi. Bu yerda koʻp eshak miqdorda jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlangan.

Eng dahshatlisi, suv havzasi yaqinida qoʻlbola usulda loydan uylar va turli binolar qurilgan boʻlib, suyaklarni kuydirish uchun moʻljallangan qoʻlbola pech, suyak maydalovchi yasama tegirmon borligi ham kuzatilgan.

Hokimlik axborotida taʼkidlanishicha, hududdagi nobarqaror sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash hamda aholi va hayvonlar oʻrtasida oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalib ketishining oldini olish maqsadida viloyat hokimi raisligida masalaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

Yigʻilishda Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidagi holat atroflicha muhokama qilinib, yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatning sodir etilishiga yoʻl qoʻyganligi va ushbu holatni oldini olish boʻyicha oʻz vaqtida chora koʻrmaganligi uchun tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan. Shuningdek ularga tuman boʻlimi rahbarlarini egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi masalasini koʻrib chiqish vazifasi yuklatilgan.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Samarqandda eshaklar goʻristoni yoʻq qilinishi

Yigʻilish qaroriga asosan shuningdek, chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatni qayta oʻrganib chiqish va tegishli tartibda rasmiylashtirish boʻyicha viloyat ishchi guruhi tashkil qilingan.

Taʼkidlanishicha, Xishrav qoʻrgʻonidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida toʻplanib qolgan hayvonlar jasadlari va suyak qoldiqlari veterinariya-sanitariya meʼyori talablari asosida utilizatsiya qilingan. "Akvatoriyadagi suv chuqur laboratoriya tahlilidan oʻtkazilib, atrofda dezinfektsiya va zararlantirish ishlari olib borilgan. Hududni barcha noqonuniy qurilma va bino inshootlardan tozalash hamda kelgusida aniq shaxsga ijaraga berib, obodonlashtirish reja-tadbiri tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.

Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustraneniye oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

"Ishchi guruh viloyatdagi barcha suv havzalari, shahar chiqindixonasi atrofini xatlovdan oʻtkazib, fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish choralarini koʻrmoqda", — deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Xishrav qoʻrgʻonidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini olib borilib, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrilmoqda. Hududda jamoat tartibi va “pasport-viza” rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi doimiy guruh faoliyat olib borayapti.

Teglar:
chiqindixona, tergov, surishtiruv, IIB, Hishrav, shov-shuv, hodisa, eshak goʻshti, eshaklar goʻristoni

Asosiy mavzular