05:53 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
7811

Besh kishidan uch nafari 17 yoshgacha boʻlgan bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Ukrainada gripp kasalligi asorati tufayli besh kishi olamdan oʻtgani qayd etilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrda yozilishicha, bu haqda Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligi gripp markazi rahbari Tatyana Dixanovskaya xabar qilgan.

"Gripp kasalligi tufayli beshta oʻlim holati qayd etildi. Uchta holatda oʻlganlar 17 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Bu bemorlar grippga qarshi emlanmagan boʻlgan. Katta yoshdagilar esa qandli diabet va yurak kasalligi bilan roʻyxatda turgan", — deb aytgan Dixanovskaya.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Ukrainaning 17ta viloyatida gripp bilan ogʻrish koʻrsatkichi epidemiya ostonasini xatlab oʻtgan.

Teglar:
bemorlar, Ukraina, emlash, kasallik, oʻlim, gripp

Asosiy mavzular