21:47 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
Liviya samolyotining garovga olinishi (5)
184 0 0

Garovga olingan samolyotda 118 kishi borligi aytilmoqda

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga qarashli bortida 118 kishi boʻlgan samolyot garovga olingan boʻlishi mumkin, hozirda havo kemasi Maltaga qoʻngan, deb xabar berdi RIA Novosti Reyter agentligiga asoslanib.

Xabarga koʻra, ikki kishi samolyotni portlatish bilan tahdid qilishgan, ularning talabi hozircha nomaʼlum. Boshqa xabarga koʻra, bortda bir nafar qurolli shaxs boʻlib, agarda talablari bajarilsa, yoʻlovchilarni qoʻyib yuborishini aytmoqda.

Malta bosh vaziri Jozef Muskat oʻzining Twitterdagi rasmiy sahifasida Liviya samolyoti olib qochilgan boʻlishi mumkinligi haqida xabardor qilinganini bildirgan.

Mavzu:
Liviya samolyotining garovga olinishi (5)
Teglar:
Liviya, tezkor xabar

Asosiy mavzular