18:29 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
24021

Bishkek va Oʻsh shaharlariga soxta aviachipta sotishda gumonlangan Qirgʻiziston fuqarosi qoʻlga olingan. Bu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskva shahrida Qirgʻiziston fuqarolariga 5-8 ming rubl narxida soxta aviachiptalar sotilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Nashrda berilgan xabarga koʻra, 200dan ortiq odamlar ushbu firibgarlik qurboniga aylangan. "26, 27, 28, 29, 30 va 31 dekabr kunlari Moskva — Bishkek va Moskva — Oʻsh yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan reyslarga 200dan ziyod fuqaro soxta aviachiptalarni xarid qilgan. Firibgarlikda gumonlanib Altintay ismli Qirgʻiziston fuqarosi qoʻlga olingan", — deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, 26-dekabr kuni bir guruh qirgʻizistonliklar soxta chiptalar tufayli oʻz vataniga qayta olmagan. Qurbonlarning barchasi Domodedovo aeroportidan oʻz vataniga uchishi kerak boʻlgan.

Nashrda yozilishicha, chorshanba kuni ertalab, yana 30 kishi xuddi shunday muammoga duch kelgan.

"Hozirda ularning arizalarini politsiyada roʻyxatdan oʻtkazyapmiz. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Aniq boʻlishicha, ularning hammasi chiptalarni 5-8 ming rubldan xarid qilgan. Aldanganlar orasida "borish-qaytish" chiptalarini olganlar ham borligi maʼlum boʻlmoqda. Odamlarning aksariyati Yangi yilni vatanida kutib olish istagida boʻlgan", — deb yozadi nashr.

Xabarlarga koʻra, soxta aviachiptalar avgust oyidan boshlab sotila boshlagan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Teglar:
soxta bilet, samolyotga bilet, arzon chipta

Asosiy mavzular