Qozog‘istonda ko‘pqavatli uylarning biri o‘pirilib tushdi, qurbonlar bor

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda qutqaruvchilar uyumlar orasidan jabrlanuvchilarni qidirish ishlarini olib borishmoqda. Bu ishga 70ga yaqin odam va 16 dona texnika jalb qilingan, o‘pirilish sabablari o‘rganilmoqda

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyati Shahan posolkaida ko‘pqavatli uyning bir qismi o‘pirilib tushdi. Ikki kishi halok bo‘lgan, ayni vaqtda uyumlar ostida odamlar bor-yo‘qligi qidirilmoqda, deb xabar tarqatgan Sputnik Qozog‘iston nashri.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar departamenti qo‘mitasi vakili Imonqulovning so‘zlariga qaraganda, 2017-yil 1-yanvar kuni 22.40da Qorag‘anda viloyati FVD qutqaruv bo‘linmalariga Shaxtinsk shahri Shahan posolkasida ko‘pqavatli uylarning biri o‘pirilib tushgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga zudlik bilan favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari va texnikalari yuborilgan. Uy yashovchilari evakuatsiyasi amalga oshirilgan, deb aytgan Imonqulov.

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishKo‘pqavatli uyning qulab tushishi
Ko‘pqavatli uyning qulab tushishi - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘pqavatli uyning qulab tushishi

"Ayni vaqtda to‘rt kishi qutqarildi, ularning ikki nafari bolalardir. Hozirgaqadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qulab tushgan konstruksiyalar orasida uy yashovchilari bor. Uy qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan", — deb xabar qilgan Sputnik Qozog‘istonga Imonqulov.

Hozirda qutqaruvchilar uyumlar orasidan jabrlanuvchilarni qidirish ishlarini olib borishmoqda. Bu ishga 70ga yaqin kishi va 16 dona texnika jalb qilingan. O‘pirilish sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0