12:07 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
45712

Politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida "Islom davlati"ning 63 nafar jangarilarini hibsga oldi. Surishtiruv ishlari davomida amalga oshirilgan hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosining aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olindi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. "Islom davlati"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirishda gumonlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti CNN Turk telekanalining politsiyadan olgan xabariga tayangan holda.

Eslatib oʻtamiz, Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan edi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib, olomonga qarata oʻt ochgan.

Turkiya IIV maʼlumotiga koʻra, teraktda 39 kishi (shu jumladan, 16 nafar chet el fuqarolari) halok boʻlganlar, 69 kishi jarohatlangan. Hujumni uyushtirgan shaxs esa qidirilmoqda.

Xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida "ID"ga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida, ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Teglar:
jangarilar, ID, Oʻzbekiston fuqarosi, gumondor, terakt, Turkiya

Asosiy mavzular