22:03 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
50631

Oliy taʼlim dargohini tugallaganlik haqidagi 2ta diplomni 4 ming dollarga pullayotgan firibgar "savdo" jarayonida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston MXX xodimlari soliq va valyutaga oid jinoyatlar, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti vakillari bilan birgalikda soxta hujjatlar savdosini oʻziga kasb qilib olgan firibgarlarni qoʻlga oldilar, deb xabar qilgan Sputnik muxbiriga respublika kuch tuzilmalaridagi manba.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiq, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani "Qizil Qaqir" qishlogʻi fuqarolar yigʻinidan boʻlgan 50 yashar tadbirkor Marhabo Baratova soxta hujjatlarni pullash bilan shugʻullanib kelgan.

"Tezkor guruh xodimlari Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan tushgan ariza asosida maxsus operatsiyani oʻtkazdilar. Tezkor operatsiya davomida M.Baratova 4 ming dollar mablagʻni olayotgan vaqtda qoʻlga tushgan. Firibgar bu pullar evaziga oliy taʼlim dargohini tamomlaganlik haqida ikkita diplomni sotayotgan boʻlgan", — deya taʼkidlagan kuch tuzilmalaridagi manba.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Teglar:
dollar, MXX, firibgar, soxta diplom

Asosiy mavzular