12:37 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
29911

Ilgariroq, OAVlarda Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktda Qirgʻiziston fuqarosi gumonlanayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Turkiya OAVlari maʼlumotlariga koʻra, Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktga dahldor boʻlishi mumkin boʻlgan Qirgʻiziston fuqarosi Yaxʼyo Mashrapov oʻzining bu hodisaga hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlamoqda, deya xabar qildi RIA Novosti seshanba kuni.

Ilgariroq, OAVlarda Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktda Qirgʻiziston fuqarosi gumonlanayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda gumondorga tegishli pasport surati ham paydo boʻlgandi.

RIA Novosti maʼlumotlariga koʻra, Mashrapov 3 yanvar kuni Turkiyadan Bishkek aeroportiga uchib kelgan va shu vaqtning oʻzida mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) xodimlari tomonidan soʻroq qilingan.

Taʼkidlanishicha, Mashrapov 1 yanvar kuni Bishkekdan Istanbulga savdo-sotiq masalalari boʻyicha borgani, ammo qaytishda Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uni samolyotdan olib qolishgani haqida tushuntirish bergan.

"Ular meni bir soat davomida soʻroq qildilar. Shu bois, Bishkekka qarab uchadigan samolyot bir soatga qoldirildi. Ular menga Yangi yil kechasida roʻy bergan terakt yuzasidan soʻroq qilishlarini aytishdi. Aytishlaricha, men fotosuratdagi jinoyatchiga oʻxshar emishman. Soʻroq tugagach, mendan uzr soʻrashdi va samolyotga chiqishimga ruxsat berishdi", — deb aytgan Mashrapov.

Mashrapovning soʻzlariga koʻra, 31 dekabr kuni u Qirgʻizistonda boʻlgan va shu bois, teraktga aloqadorligi haqida gap boʻlishi mumkin emas. Mashrapov, shuningdek, uning pasporti surati internet tarmogʻida qay tarzda tushib qolganini bilmasligini maʼlum qilgan.

Teglar:
tungi klub, terakt, Istanbul

Asosiy mavzular