07:33 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
110441

Dayver va akula oʻrtasidagi jang, shuningdek, odamning yirtqich hamlasidan qanday qilib qutilgani tasodifan videoga tushirildi

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Dengiz yirtqichi — akulaning insonga qilgan hamlasi tasvirlangan video YouTube videoxostingida tobora ommalashmoqda. Ushbu rolik Liquid Vision nikli foydalanuvchi tomonidan yuklangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

"Avstraliyadagi Shimoliy Kvislend qirgʻogʻiga yaqin joyda dayverga hujum uyushtirilgan. Gʻavvos libosidagi erkak suvosti ovi bilan shugʻullanayotgan edi. Shu payt, kutilmaganda unga akula hamla qildi. Dayver himoyalana boshladi va qisqa fursatda uzun nayzani akulaning uni yutishga tayyor ogʻziga sanchdi. Natijada, dayverning ushbu harakati uning hayotini saqlab qoldi", — deyiladi xabarda.

Teglar:
video, akula, internet

Asosiy mavzular