17:43 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
685 0 0

Istanbuldagi tungi klublarning birida otishma sodir etgan terrorchi 1983 yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan. Toʻrtta tilni biladi, Afgʻonistonda mashgʻulot oʻtagan. U yaxshi tayyorgarlik koʻrgan terrorchi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klublarning birida terakt sodir etganlikda gumonlanib qoʻlga olingan Oʻzbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov oʻz aybiga iqror boʻldi, deb xabar qilgan seshanba kuni Istanbul gubernatori Vasip Shaxin. RIA Novosti xabari asosida.

Ilgariroq Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Istanbulda terrorchining qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edi.

"Kecha puxta rejalashtirilgan operatsiya davomida Abu Muhammad Xorasan sifatida mashhur — Masharipov hibsga olindi. U 1983 yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan, 4ta tilni biladi, Afgʻonistonda mashgʻulot oʻtagan, u — puxta tayyorgarlik koʻrgan terrorchi. Taxminan, 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Shundan soʻng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etishdan oldin esa turar-joyini tez-tez oʻzgartirib turgan. U hozirda oʻz aybiga iqror boʻldi, hodisa joyidan topilgan qoʻl izlari Masharipovnikiga mos tushdi", — deb taʼkidlagan Istanbul gubernatori Vasip Shaxin.

Shaxin jinoyatchini qoʻlga olish uchun Turkiya politsiyachilari juda katta ishlarni amalga oshirganliklarini aytib oʻtgan.

"Tashqi kameralardagi 7200 soatlik videomateriallar obdon oʻrganildi. Ushbu operatsiyada 2 ming nafar politsiyachilar ishtirok etishdi. Maxsus operatsiya nafaqat Istanbulda, balki — Konye, Xatay, Izmir shaharlarida ham olib borildi. 152 manzil boʻyicha qidiruv ishlari oʻtkazildi, bu ish davomida 50 nafar shaxs qoʻlga olindi, qurol-yarogʻ va boshqa ashyoviy dalillar tortib olindi", — deya qoʻshimcha qilgan gubernator.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, Masharipov terrorchilik uyushmalari bilan aloqador boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston fuqarosi bilan birgalikda uch nafar ayol va iroqlik erkak qoʻlga olingani aytilmoqda.

Shaxinning soʻzlariga koʻra, gumondorlarni qoʻlga olish chogʻida qurol ishlatilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Istanbuldagi Reina tungi klubiga Yangi yil oqshomida qurolli hujum uyushtirilgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib oʻldirgan va klubdagi odamlarga qarata oʻt ochgan. Turkiya IIV maʼlumotlariga muvofiq, ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 69 nafar shaxs yaralangan. Reyter agentligi esa "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ushbu terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olganligini xabar qilgan edi.

Sputnik_Arest ispolnitelya terakta v Stambule
Mavzu:
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
Teglar:
oʻzbekistonlik, ID, terakt, terrorchi, Turkiya

Asosiy mavzular