"Bollivud qiroli" bilan uchrashuv bir fanat o‘limi bilan tugadi

© REUTERS / Danish SiddiquiShohruh Xon
Shohruh Xon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hind aktori Shohruhxonning ashaddiy muxlislari o‘z kumirlari bilan uchrashuvda ulkan tiqilinch hosil qilishdi va buning oqibatida bir kishi olamdan o‘tdi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. "Bollivud qiroli" — Shohruhxonning muxlislar bilan uchrashuvi vaqtida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Indian Express nashriga tayangan holda RIA Novosti.

Aytilishicha, aktor tez kunda ekranga chiqayotgan "Boy" ("Rais") filmi premyerasi oldidan dushanba kuni kechqurun Vadodara shtatiga tashrif buyurgan. U poyezddan tushmagan va o‘z muxlislariga karnay orqali murojaat qilgan. Poyezd stansiyada o‘n daqiqa to‘xtagani uchun, fanatlar aktorni yaqindan ko‘rish uchun, tiqilinch hosil qila boshlaganlar. Politsiya dubinkalarni ishga solishga majbur bo‘lgan.

"Poyezd o‘z joyidan jilgach, odamlar uning ketidan yugurishni boshladilar. Tiqilinch oqibatida bir kishi havo yetishmasligidan halok bo‘ldi, tartibni nazorat qilgan ikki nafar politsiyachi ham shikastlangan", — deb xabar qilgan nashrga politsiya matbuot-xizmati.

Shohruhxon halok bo‘lgan kishining oilasiga o‘z hamdardligini bildirgan.

"Men halok bo‘lgan kishi oilasi uchun duodaman", — deb xabar qilgan Dehliga yetib kelgan aktor.

Yangiliklar lentasi
0