01:44 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
39321

Tojikiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara qoʻshinlari xodimlari axborotiga asosan, ikki davlat chegarasidagi toshboʻron - tojikistonlik fuqarolarni chegaraga yaqin hududdan siqib chiqarish yoxud ularni Qirgʻiziston fuqaroligini olishga majbur qilish maqsadida uyushtirilgan

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Ilgariroq, qirgʻiz-tojik chegarasida ikki davlat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuz bergani, nizo toshboʻronga aylangani haqida xabar qilgan edik.

Tojikiston tomon ushbu harakatlar ortida kim turganiga oydinlik kiritgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari xodimlari qirgʻizistonlik deputatni chegarada fitna uyushtirganlikda ayblamoqda", — deb yozgan nashr.

Chegara qoʻshinlari vakili Muhammad Ulugʻxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, mojaro Qirgʻizistondagi Koʻk-tosh shaharchasi mahalliy kengashi deputati Roziya Usarova buyurtmasiga asosan amalga oshirilgan.

"Roziya Usarova bundan oldin ham bir necha marotaba chegara yaqinida uyushtirilgan fitnalar markazida boʻlgan. Ayolning yagona maqsadi Tojikiston fuqarolarini chegaraga yaqin hududlardan Soʻgʻd viloyati ichkarisiga "siqib" chiqarish yoki ularni Qirgʻiziston fuqaroligini qabul qilishga majburlashdan iborat", — deb taʼkidlagan Ulugʻxoʻjayev.

Tojikiston va Qirgʻiziston chegara hududlarida yashovchi aholi oʻrtasidagi ogʻzaki urush, toshboʻron bilan yakunlangan. Vaziyat yanada oʻtkir tus olmasligi uchun ikki davlat hamkorlikda chegara postlarini tashkil qilishgan.

Tojikiston MXQ chegara qoʻshinlari maʼlumotiga koʻra, Isfaxor shahri Samoniyon jamoata Chorkuh aholi punktida futbol uchrashuvidan uyiga qaytayotgan uch nafar tojikistonlik bir guruh qirgʻizistonliklar tomonidan kaltaklangan.

Tojikistonliklar oʻz uylariga Qirgʻizistonning Koʻk-Tosh qishlogʻi orqali oʻtishlari kerak boʻlgan. Mojaro aynan shu hududda yuz bergan.

Tojik-qirgʻiz chegarasi davomiyligi 1000 kilometrga yaqinni tashkil qiladi. Sobiq Ittifoq barham topgach, ikki davlat oʻrtasidagi chegaraning anchagina qismi belgilanmay qolgan. Bu esa chegarada vaqti-vaqti bilan nizolar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Soʻnggi uch yil davomida tojik-qirgʻiz chegarasida oʻnlab hodisalar yuz bergan, hatto, qurolli mojarolar ham boʻlgan. Qirgʻiziston chegara xizmati raisi Mirbek Qosimqulovning soʻzlariga koʻra, 2016 yilda toʻqnashuvlar sonini 2 barobar qisqartirishga muvaffaq boʻlingan.

Teglar:
qirgʻiz-tojik chegarasi, toshboʻron, mojaro

Asosiy mavzular