01:08 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
161754

Yer silkinishi tugashi bilan Toshkent aholisi internetda bu hodisani muhokama qilishga kirishdi

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Internet foydalanuchilarining yozishiga qaraganda, Oʻzbekistonning bir nechta regionlarida mahalliy vaqt bilan 23-40lar atrofida yer silkinishi roʻy bergan.

"Jizzaxdan telefon qilishdi, yaxshigina yer qimirlabdi", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Men esa menga shunday tuyulayaptimi deb oʻylabman", — deya zilzila boʻlganiga ishonmagan chilonzorlik foydalanuvchi.

"Yer silkinishidan uygʻonib ketdim", — deya oʻz fikrini qoldirgan samarqandlik Saida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soʻzlariga qaraganda, 3 soniya davomida kuchli yer silkinishi davom etgan.

Ayrimlar zilzila balli past boʻlganini aytishgan.

Teglar:
yer silkinishi, zilzila, Toshkent

Asosiy mavzular