22:07 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
118221

"Toshkent" markaziy seysmostantsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2017 yil 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli yer silkinishi qayd qilingan

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. "Toshkent" markaziy seysmostantsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2017 yil 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli yer silkinishi qayd qilindi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 204 km gʻarbiy yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hududida joylashgan boʻlib, magnitudasi M=4.2 ni tashkil etgan.

Sodir boʻlgan yer silkinishi natijasida ijtimoiy obʼyektlar va aholi turar-joy binolariga talofat yetganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin yer silkinishi qayd qilinishi bilan internet foydalanuvchilari bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozishgani haqida maʼlumot bergan edik.

Teglar:
zilzila, Jizzax, Toshkent

Asosiy mavzular