Nasiba Maqsudovaning dafn marosimi suxandonning Do‘rmondagi xonadonida o‘tkaziladi

© darakchi.uzDiktor va teleboshlovchi Nasiba Maqsudova
Diktor va teleboshlovchi Nasiba Maqsudova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Millionlab o‘zbekistonliklarning sevimli suxandoni, dilbar jurnalist, bag‘rikeng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8-fevral kuni olamdan o‘tgani haqida xabar bergan edik. Hozirda dafn marosimi qayerda o‘tkazilishi haqida ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Nasiba Maqsudovaning vafot etganligi haqidagi xabar o‘zbekistonliklar tomonidan chuqur qayg‘u bilan qarshi olindi.

Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida shoir Muhammad Ismoil Nasiba Maqsudova haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Nasiba Maqsudova - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli suxandon Nasiba Maqsudova vafot etdi
"Bu yil elimizning sevimli, ardoqli ayollari bizni birin ketin tark etishmoqda. Sal ilgariroq Tursunoy opamdan (Tursunoy Sodiqova demoqchi, muallif) ayrilib qolgan edik. Mana endi Nasiba opam… Nasiba Maqsudova o‘zbek televideniyesining afsonasi edilar…"

"My5" telekanali boshlovchisi Anvar Azimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Nasiba Maqsudovani oxirgi manzilga kuzatish marosimi ertaga, 10-fevral kuni soat 12:00 da teleboshlovchining Do‘rmondagi xonadonida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

14 yoshidan televidenie sohasiga kirib kelgan Nasiba Maqsudova butun hayotini o‘z kasbiga baxshida etgan, televidenie uchun yonib yashagan inson edi. Qariyb 50-yil davomida suxandonlik qilgan Nasiba Maqsudova respublikaning chekka-chekka qishloqlarida o‘z muxlislariga ega edi…

Yangiliklar lentasi
0