12:27 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
53453

Dahshatli jinoyat - Turkiyadagi elchimizning oʻldirilishi - xorijdagi Rossiya fuqarolari va vakolatxonalarimiz xavfsizligiga doir masalaga jiddiy yondashish zarurligini koʻrsatdi, dedi Putin

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijdagi Rossiya diplomatlari xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Putin payshanba kuni Federal Xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari bilan uchrashuvda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi — Andrey Karlovning oʻldirilishi munosabati bilan chet eldagi Rossiya vakolatxonalari ishchilari xavfsizligini kuchaytirish kerakligi haqida gapirgan.

"Dahshatli jinoyat — Turkiyadagi elchimizning oʻldirilishi — xorijdagi Rossiya fuqarolari va vakolatxonalarimiz xavfsizligiga doir masalaga jiddiy yondashish zarurligini koʻrsatdi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi razvedka xizmati bilan hamkorlikda qoʻshimcha xavfsizlik chora-tadbirlari qabul qilishlaringni soʻrayman", — dedi Putin.

Eslatib oʻtamiz, 19 dekabr kuni Anqaradagi Zamonaviy sanʼat markazida Rossiya elchisi Andrey Karlovga suiqasd uyushtirilgan edi. Havfsizlik xizmati xodimi koʻrgazma ochilish marosimida soʻzlayotgan Rossiya elchisiga toʻpponchadan bir necha marta oʻq uzadi. Elchi Andrey Karlov ogʻir yaralanib, koʻrsatilgan tezkor yordamga qaramasdan, kasalxona yoʻlida vafot etadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi roʻy bergan hodisani terakt sifatida baholadi. Rossiya Tergov qoʻmitasi "xalqaro terrorchilik akti" moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatgan edi.

Teglar:
elchi, Karlov, Rossiya, Putin

Asosiy mavzular