22:09 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
2938143

Shaxsiy tarkibga ularga qonunan belgilangan dam olish kunini berish uchun podpolkovnik har bir xodimdan 200-250 ming soʻmdan pora olgan. Shu tariqa u soʻnggi yillarda oʻz ishchilaridan 40 million soʻmga yaqin mablagʻ undirgan

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Samarqand viloyati milliy xavfsizlik boshqarmasi tezkor guruh xodimlari viloyat prokuraturasi vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazgan maxsus operatsiya natijasida Samarqand IIB Qoʻriqlash boʻlimi rahbari podpolkovnik Nodir Samatovni qoʻlga oldilar. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga kuch ishlatish muassasasi vakili xabar qilgan.

"Podpolkovnik Samatov, amaldagi instruktsiyalarni buzgan holda, boʻlimning navbatchilikka kirishgan shaxsiy tarkib hxodimlarini asossiz ravishda dam olish kunlaridan mahrum qilgan. Har bir xodim qonunda belgilab qoʻyilgan dam olish kunini oʻz boshligʻidan 200-250 ming soʻm evaziga "sotib olishga" majbur boʻlgan. Shu tariqa, Samatov soʻnggi yil ichida oʻziga boʻysungan xodimlardan 40 million soʻmga yaqin pora olgan", — deb xabar qildi MXX xodimi.

MXX xodimining soʻzlariga koʻra, tezkor guruh xodimlari Nodir Samatovni xizmat kabinetida, u oʻzidan quyi pogʻonada turuvchi boʻlim komandiridan 1 million soʻm pora olayotgan vaqtda qoʻlga olishgan.

Hibsga olish jarayonidan soʻng Samarqand IIB qoʻriqlash boʻlimining barcha xodimlari podpolkovnik Samatovga qarshi koʻrsatma bergani xabar qilinmoqda.

Teglar:
IIB, Samarqand, podpolkovnik, MXX

Asosiy mavzular