07:05 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
62410

Xarkov viloyatida oʻq, granata, snaryad, minalar zapasi saqlanadigan omborxona yonyapti, deb xabar qildi Ukraina Mudofaa vazirligi

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatida oʻq-dorilar saqlanadigan omborxona yonayotgani haqida xabar qildi.

AQSH va Ukraina bayroqlari, arxiv surat
© Sputnik / Nikolay Lazarenko
"Bugun, 23 mart kuni, soat 2.45da (Toshkent vaqti bilan 5.45da) Xarkov viloyati, Balakleya shahrida joylashgan qurol-aslahalar saqlanadigan omborxonaning ayrim maydonchalarida yongʻin boshlandi. Yongʻinni joyida oʻchirish va bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilmoqda", — deyilgan vazirlik xabarida.

Balakleyada Ukrainadagi eng yirik harbiy omborxonalardan biri joylashgan. Bu yerda 138 ming tonna snaryaddlar saqlanadi.

Yongʻin tufayli oʻq-dorilar juda tez portlamoqda, yetti kilometr masofa "xavfsiz hudud" tashkil qilingan, deb bayonot qilmoqda mamlakat Bosh prokurori Anatoliy Matios. Hodisa qoʻporuvchilik tufayli yuzaga kelgan, deb taʼkidlamoqda prokuror.

Matios bu haqda oʻzining Feysbukdagi sahifasida yozgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarga koʻra, yongʻinga qarshi kurash uchun "Ukraina temir yoʻllari" yongʻinni oʻchirish poyezdlari safarbar etilgan.

Yongʻin oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Favqulodda hodisa roʻy bergan hududdan 20 mingga yaqin inson evakuatsiya qilingan.

Yongʻin maydoni dron yordamida aniqlanishi aytilmoqda.

Hodisa roʻy bergan joyga Ukraina Mudofaa vaziri oʻrinbosari Igor Pavlovskiy boshchiligidagi komissiya yoʻl olgan.

Mamlakat Bosh vaziri Vladimir Groysman ham Xarkov viloyatiga uchgan.

Mamlakat Mudofaa vazirligi vakillari Balakleyadagi skladni 2015 yilda ham yoqib yuborishga urinish boʻlgani haqida aytishmoqda. Ammo oʻshanda snaryadlar portlashining oldini olishga muvaffaq boʻlingan ekan.

Yongʻin tafsilotlari haqida sal keyin xabar qilamiz. Kuzatib boring.

Teglar:
portlash, Ukraina, yongʻin

Asosiy mavzular