20:49 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
22610

22 mart kuni Londonda shahar tarixidagi eng qonli terakt sodir etildi. Vestminster koʻprigida harakatlanayotgan mashina trotuarga chiqib ketib, bir necha kishini urib yuborgan va parlament binosigacha borgan

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Londonda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Terakt London vaqti bilan 14.40da chorshanba kuni sayyohlarning eng sevimli joylaridan birida sodir etilgan: Vestminster koʻprigida harakatlanayotgan mashina trotuarga chiqib, bir necha kishini urib yuborgan, parlament binosigacha yetib borgan va u yerda politsiya tomonidan toʻxtatilgan.

Haydovchi politsiyachini pichoq bilan yaralagan, natijada oradan sal vaqt oʻtgach huquq-tartibot xodimi vafot etgan. Terakt natijasida, soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, 4 kishi hayotdan koʻz yumgan, 40 kishi jarohatlangan, terrorchining oʻzi esa yoʻq qilingan. Politsiyachilar tomonidan teraktga aloqadorlikda gumonlanib sakkiz kishi hibsga olingan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey axborotiga koʻra, ushbu teraktda 11 mamlakat fuqarolari jabrlangan, ulardan 12 nafari britaniyalikdir.

"11 millat vakillari jarohat olgan: 12 nafar britaniyalik, 3 nafar frantsuz, 2 rumin, 4 nafar Janubiy Koreya fuqarolari, bir nafar polyak, bir nafar germaniyalik, bir nafar irlandiyalik, bir nafar xitoylik, AQSH fuqarosi, italiyalik va ikki nafar Gretsiya fuqarosi", — deb aytgan Mey parlamentda chiqishi vaqtida.

Meyning soʻzlariga koʻra, uch nafar politsiyachi jarohatlangan, ularning ikki nafari hozir kasalxonada ogʻir ahvolda yotibdi.

Teglar:
Tereza Mey, London, Islom davlati terrorchilik uyushmasi

Asosiy mavzular