Farzandini sotib puliga uy olmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMat s mladensem
Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ona o‘z farzandi uchun 14,1 ming dollar so‘ragan

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Chilonzor tumani IIB xodimlari o‘zining to‘rt yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ayolni qo‘lga oldilar, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shahar IIBdagi manbaning aytishicha, ayol pulni olayotgan vaqtida ushlangan. U o‘z farzandi uchun 14,1 ming dollar so‘ragan.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston
Bola sotilishi haqida... e’lon

So‘roq vaqtida u bolasini sotib, uning puliga Toshkentdan bir xonali uy olmoqchi bo‘lganligini ma’lum qildi. Ayol Qashqadaryo viloyatidan ekanligi aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining odam savdosi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Hozirda ayolning farzandi Toshkent shahar IIB qoshidagi reabilitatsiya markazida mutaxassislar qaramog‘ida. Bolaning keyingi taqdiri hozircha aniq emas, lekin odatda farzandlar bundaylar qaramog‘ida qoldirilmaydi, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilishadi. Bolani ayolning qarindoshlari asrab olishlari ehtimoli ham yo‘q emas", — degan poytaxt IIB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Yangiliklar lentasi
0