01:56 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
1348 0 0

Zilzila - oʻzbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzusiga aylanib qoldi

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Toshkent va Dushanbeda yana yer qimirladi. Yevropa-Oʻrtayerdengizi seysmik markazi xabariga koʻra, Tojikiston va Oʻzbekiston sharqida 5,9 balli zilzila qayd etilgan.

Sputnik Tojikiston xabariga koʻra, soʻnggi 49 soat mobaynida Tojikistonda beshinchi bor yer qimirlashi holati kuzatilmoqda.

Toshkentda esa toʻrtinchi marotaba.

Seysmologlar maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri Namangan shahridan 164 km masofada toʻgʻri kelgan.

Dushanbeliklar soʻzlariga koʻra, zilzila oqibatida devorlar qisirlashi eshitilgan.

​"Uzoq vaqt, tebranib silkindi yer", deb yozgan toshkentlik fuqarolardan biri.

"Soat 10:12da kuzatilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball boʻldi. Oʻzbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan, Fargʻona viloyatida 3,5 ballik zilzila kuzatilgan.

Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, yer silkinishi epimarkazi Tojikistonda kuzatildi. Fargʻonadan 101 km masofada, Tojikistonning Qorakenja shahridan 37 km masofada joylashgan zilzila oʻchogʻida yer silkinishi kuchi 5,9 ballni tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, 3 may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etilgani haqida bir nechta oʻzbek OAVlari xabar berdi.

Zilzila epitsentri Tojikiston hududida joylashgan boʻlib, markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan.

Internet foydalanuvchilari orasida zilzila Qirgʻizistonni ham chetlab oʻtmaganini xabar qilishmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistondagi zilzila 5,7 ballni tashkil qilgan.

"Zilzila epitsentri(oʻchogʻi) — Dushanbe shimoli-sharqidan 249 km, Fargʻona janubiy qismining 111 km va Tojikistonning Qora-Kenja qishlogʻidan 18 kilometr masofada qayd etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
yer qimirlashi, zilzila, Toshkent

Asosiy mavzular