O‘ho‘: Valijon Shamsiyev efir paytida kaltak yedi

© stranitsa Shamsiyeva v InstagramO‘zbek qiziqchisi Valijon Shamsiyev
O‘zbek qiziqchisi Valijon Shamsiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Valijon Shamsiyevni efir vaqtida kaltaklashdi. Bu piarmi yoki rostdan ro‘y berdimi?

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Ravshan Hakimov MTV shouning suratga olish jarayonida studiya qo‘riqchisi bilan janjallashib ketgan videosini instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. Tasvirdagi gap-so‘zlardan janjal jiddiyligini ko‘rish mumkin, deb xabar qildi Hordiq.uz

Shkal

Publikatsiya ot Ravshan Khakimov (@ravshantv_khakimov) May 4 2017 v 10:55 PDT

 

"Balki bu navbatdagi piardir, deb savol tashlaganlar ham bo‘lyapti", — deb yozgan nashr.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri Valijon Shamsiyev produseri — Zafar bilan bog‘landi va ushbu yuzadan izoh berishni so‘radi.

Qiziqchi Ortiq Sultonov - Sputnik O‘zbekiston
Ortiq Sultonovga bobosi xazina qoldirdi
"Bu shunchaki shov-shuv. Havotirga o‘rin yo‘q", dedi qiziqchining produseri hamda kecha kechqurundan boshlab qo‘ng‘iroqlar tinmayotganini qo‘shimcha qildi.

Shov-shuv uyushtirishdan maqsad nima, degan savolimizga Zafar, "MTV ijodkorlari xalqda qiziqish uyg‘otishni maqsad" qilishganini qayd etdi.

Valijon Shamsiyevning muxlislari uchun yangilik — qiziqchi oktabr oyi oxirida konsert berishni rejalashtirgan.

"Valijon Shamsiyev 6-7 yildan beri yakkaxon konsertini taqdim etib kelayaptilar. Oktabr oxiri noyabr boshlarida "Xalqlar Do‘stligi" saroyida uch kunlik konsert dasturini taqdim etadilar. Hozir shunga tayyorgarlik ketayapti", — dedi Zafar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0