Qirg‘iziston yer maydonlariga chigirtkalar hujum qilmoqda

© Foto / press-slujba polpreda PKR v Chuyskoy oblasti Qirg‘izistonda chigirtkalar mavsumi
Qirg‘izistonda chigirtkalar mavsumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 19-may kuniga qadar zararkunandalar to‘plangan joylar to‘liq kiyomiy vositalar yordamida ishlanma beriladi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qirg‘iziston respublikasi Chuy viloyatidagi dalalarni chigirtka bosib ketdi, deb xabar qildi tuman hukumat vakolatxonasi matbuot-xizmati.

Chigirtkalar o‘simliklarni payhon qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston chigirtka ofatiga qarshi birgalikda kurashadi
Bu haqda signallar Frunze, Voznesensk, Panfilov viloyatlari maxalliy xizmatlaridan kelib tushgan.

Ayni vaqtda jami 1200 gektar yer maydonlariga kimoviy vositalar yordamida ishlanma berilmoqda.  

"Zararkunandalarni dastlabki 20 kun ichida, ya’ni ular ko‘payishi davri uchinchi bosqichga o‘tmay turib to‘liq yo‘q qilib tashlash kerak, keyin esa kech bo‘ladi", — deb ta’kidladi hukumat vakolatxonasi xodimi.

Chuy viloyati hukumat muxtor vakili Baktibek Kudaybergenov joylardagi tegishli xizmat xodimlari bilan favqulodda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazgan va joriy yil 19-may kuniga qadar zararkunandalar to‘plangan joylarni to‘liq kimoviy vositalar bilan ishlanma berish haqida topshiriqlar bergan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0