Toshkentdagi Borovskiy kolleji Jasur Ibrohimov o‘limi bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / Sergey MalgavkoStudenti meditsinskogo kolledja
Studenti meditsinskogo kolledja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kolleji saytida kollej talabasi Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan bayonot berildi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bayonotda barcha o‘qituvchi tarkibi va o‘quvchilar Jasur Ibrohimovning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekani ma’lum qilingan. So‘ngra esa hodisa o‘quv yurti hududidan ancha uzoqda yuz bergani qayd etiladi.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Talaba Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi hibsga olindi

"Kollej hududida 120 dan ziyod kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va bundan barcha o‘quvchilar yaxshi xabardor. Kirish eshigida tashvish tugmasi o‘rnatilgan bo‘lib, chaqiruv bo‘lganida 3-4 nafar IIB xodimlaridan iborat tarkib 15 daqiqa ichida yetib keladi. Shu bilan birga maxsus qo‘riqlash xizmati ham mavjud", — deyiladi bayonotda.

Bularning barchasi nizoli vaziyatlarning oldini olish va o‘quv yurtida ta’lim olayotganlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qilingan.
3 may kuni soat taxminan 14:15 — 14:30 oralig‘ida kollej hududidan tashqarida o‘quvchilar Jasur Ibrohimov va Islom To‘lagan ishtirokida hodisa yuz bergan, hodisaga Jasur Ibrohimovning to‘rt nafar do‘sti guvoh bo‘lgan.

Guvohlar — Jasurning do‘stlari aytishlaricha, guruh bo‘lib do‘pposlash holati yuz bermagan va hodisadan so‘ng Jasur mustaqil ravishda taksida uyiga ketgan, deyiladi bayonotda.

Jasurning onasi aytishicha, u 17:40 da onasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yomon his qilayotgani haqida xabar bergan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB kollej talabasi o‘limi bo‘yicha tergov harakatlari boshlanganini bildirdi

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hodisa ishtirokchilarining harakatlariga tergov organlari tomonidan tegishli baho beriladi, deydi kollej ma’muriyati.

Avvalroq to‘plangan dalillar asosida Islombek To‘laganovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.

O‘tgan kunlar mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda vafot etgan talabaning onasining prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaati paydo bo‘lgandi. Murojaatda u o‘g‘li kursdoshlari va kollejdagi boshqa talabalar tomonidan ayovsiz kaltaklanganligi bildirilgandi. Shifokorlar Jasurning hayoti uchun kurash olib borishdi, ammo afsuski, u 1 iyun kuni vafot etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0