01:26 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
231 0 0

Terrorchi xalqaro terrorchilik uyushmasi koʻrsatmasi asosida odamlar koʻp toʻplanadigan joyda portlashni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlgan

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari xalqaro terrorchilik uyushmasi aʼzosi boʻlgan xudkush-terrorchini qoʻlga oldi, u oʻzini portlatishga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlgan, deb xabar qildi Qirgʻiziston MXDQ matbuot-xizmati.

"Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilayotgan antiterror tadbirlari davomida terrorchilik aktini sodir etishga tayyor turgan xalqaro terrorchilik uyushmasi aʼzosi qoʻlga olindi. XTU rahbarlari koʻrsatmasiga binoan u odamlar koʻp toʻplanadigan joyda portlash uyushtirishga tayyorgarlik koʻrgan", — deyiladi xabarda.

Qirgʻiziston maxsus xizmatlari maʼlumotiga koʻra, xudkush-terrorchi "mini-portlash boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan. Shuningdek, uni xudkush terrorchi sifatida ham obdon tayyorlashgan. Qoʻlga olingan vaqtida u qoʻlbola portlash moslamasini yigʻayotgan boʻlgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
terrorchi, bomba, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular