21:34 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
54610

Kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan taniqli xonanada Oleg Yakovlev noyabr oyi oxirlarida Sputnik Oʻzbekiston nashri uchun intervyu bergan edi

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. "Ivanushki International" guruhining sobiq xonandasi Oleg Yakovlev 48 yoshida Moskvada olamdan oʻtdi. Bu haqda xonandaning rafiqasi Aleksandra Kutsevol oʻzining Instagrammdagi sahifasida xabar bergan.

Sal oldin artist shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar unga ikki tomonlama oʻpka shamollashi tashxisini qoʻygan ekan.

RIA Novosti xabariga koʻra, xonanda shu kungacha ogʻir ahvolda reanimatsiyada yotgan boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Sputnik Oʻzbekiston nashriga bergan birinchi va soʻnggi intervyusida Oleg Yakovlev mushtariylarga "Men barchangizning ota-onangiz, qarindoshlaringiz sogʻ-salomat boʻlishini, uyingiz toʻla mehmon boʻlishini istayman. Sizlarda hammasi yaxshi boʻlsin", — deya tilak bildirgan edi…

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Oleg Yakovlev, "Ivanushki International", taʼziya

Asosiy mavzular