Moskvada o‘zbeklar va armanlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMassovaya draka na Xovanskom kladbishe v Moskve
Massovaya draka na Xovanskom kladbishe v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janjal qatnashchilari bir-birlariga belkurak, kuvolda, bolg‘a, armatura bilan hujum qilishgan

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Moskvadagi "Buninskie luga" turarjoy majmuasi qurilish maydonida 40 nafar atrofidagi migrant quruvchilar o‘rtasida janjal yuz berdi. Janjal ishtirokchilari bir-birlarini belkurak va kuvolda bilan urgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Politsiyachilar mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

"Politsiyachilar "Buninskie luga" turarjoy majmuasi qurilish maydoniga yetib kelishdi va ikki qurilish brigadasi (40 kishi atrofida) o‘rtasida janjal yuz berganligini aniqladi. Janjal ishtirokchilari O‘zbekiston va armanistonlik quruvchilar", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, quruvchilar bir-birlariga belkurak, kuvolda, bolg‘a, armatura bilan hujum qilishgan.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, nizo oqibatida olti kishi turli darajada tan jarohati olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Janjal tafsilotlari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0