06:41 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Shprits

AQShda oliy jazoga hukm qilingan shaxs yangi preparat yordamida qatl etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Hodisalar
Havola olish
593 0 0

Mark Asey 1987 yilda irqchilik xarakteriga ega shart-sharoitda afroamerikalikni oʻldirgani uchun oliy jazoga hukm qilingan edi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Florida hukumati irqchilik tufayli qotillik sodir etgan erkakni qatl qildi. Bu uchun shu maqsadlarda qoʻllanilmagan preparatdan foydalanildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Assoshieyted Press agentligining xabar qilishicha, 53 yashar Mark Asey Floridada irqchilik bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganligi uchun qatl etilgan birinchi mahbus boʻldi.

Mark Asey 1987 yilda irqchilik xarakteriga ega shart-sharoitda afroamerikalikni oʻldirgani uchun oliy jazoga hukm qilingan edi.

Xabarda aytilishicha shu paytgacha oʻlim inʼyektsiyasi sifatida xizmat qilib kelgan midazolam oʻrnini etomidat egallagan.

"Midazolamni xarid qilishda muammolar paydo boʻla boshladi, sababi aksariyat farmatseftik kompaniyalar qatlni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddalarni yetkazib berishdan bosh tortishmoqda", — deya izoh beriladi xabarda.

Etomidatdan foydalanish Florida Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsada, qator kuzatuvchilar hukumat tanlovini qattiq tanqid ostiga olishdi. Ular ushbu preparat yangi funktsiyalarni bajarishi uchun sinovlardan oʻtkazilmaganligini taʼkidlashgan.

Asosiy mavzular