Bog‘cha-maktablarga mo‘ljallangan ko‘mirni muntazam o‘g‘irlab kelgan rahbar qo‘lga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Sirdaryo viloyatiga olib kelinuvchi va bolalar bog‘chalari, maktablar, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda shifoxonalar uchun kuzgi-qishki mavsumga mo‘ljallangan ko‘mirni muntazam ravishda o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari "Sirdaryoko‘miretkazuvchi" unitar korxonasining Boyovut tuman bazasi mudiri 40 yoshli Doniyor Sayfutdinovni qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Xabar qilinishicha, tezkor xodimlar Sayfutdinov Sirdaryo viloyatiga olib kelinuvchi va bolalar bog‘chalari, maktablar, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda shifoxonalar uchun kuzgi-qishki mavsumga mo‘ljallangan ko‘mirni muntazam ravishda o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgani haqida ma’lumot olishgan.

O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada niqob taqqan jinoiy guruh qo‘lga olindi

"Sayfutdinov taxminan 65 tonna keluvchi bir vagon ko‘mirni Boyovut tumanida yashovchi shaxsga 16 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. U pullarni ko‘mir bazadan xaridorning yashash joyiga yetkazib berilganidan so‘ng olishi kerak edi", — dedi MXX vakili.

Baza direktorining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida MXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida Doniyor Sayfutdinov 13 million so‘mni olayotgan paytda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. U dastlabki surishtiruv chog‘ida aybini to‘liq tan olgan.

Hozirda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi Sayfutdinovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlash) va 205-moddasi (Lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish) bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0