Kaspiy dengizida Turkmaniston paromini portlatmoqchi bo‘lishdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishKorabli Kaspiyskoy flotilii
Korabli Kaspiyskoy flotilii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki erkak Turkmanboshi va Boku shaharlari o‘rtasida qatnaydigan "Baxtiyor" paromi bortiga portlovchi moddalarni olib o‘tishga urinishdi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turkmanboshi portida teraktning oldin olindi. Shahardan Bokuga yo‘l olgan paromni portlatmoqchi bo‘lishdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon "Xronika Turkmenistana" nashriga tayangan holda.

FXX Sankt-Peterburgda terakt uyushtirgan Markaziy Osiyo fuqarolarini qo‘lga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvani portlatmoqchi bo‘lgan terrorchilar qo‘lga olindi
Hodisa 28-avgust kuni ro‘y bergan bo‘lsa-da, ammo u faqat seshanba, 12-sentabr kuni ommaga oshkor qilingan.

Yovuz niyatli shaxslar — Turkmanistonlik aka-ukalar ekanligi aniqlangan. Ularning ismi oshkor qilinmayapti.

Xabarga ko‘ra, erkaklar Turkmanboshi va Baku shaharlari o‘rtasida muntazam qatnaydigan yo‘lovchilarni va yuk tashuvchi "Baxtiyor" paromi bortiga portlovchi moddalarni olib o‘tishga urinishgan.

Aka-ukalar chiptalarni har xil joyga olishgan va portlovchi moddalarni alohida-alohida olib o‘tishni rejalashtirishgan. Bombani esa paromning o‘zida yig‘ishni mo‘ljallaganlar. Portlash Turkmaniston hududiga kiraverishda yuz berishi kerak bo‘lgan.

O‘sha kuni paromda 170ga yaqin yo‘lovchilar, shuningdek Turkiya kompaniyalariga qarashli ekipajli yuk mashinalari bo‘lgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, maxsus xizmatlar teraktga hozirlik ko‘rilayotgani haqida oldindan xabardor bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0