00:30 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Mashina skoroy pomoщi

Toshkentda "tez yordam" shifokorlarini doʻpposlagan shaxs qoʻlga olindi

Sputnik / Stringer
Hodisalar
Havola olish
122020

Audioyozuvga koʻra, Zafar Qayumovning ishidan qanoatlanmagan Abdumalik Karimov bolani kasalxonaga olib ketishlarini talab qiladi, soʻngra shifokorga zarba beradi

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi 36 yoshli Abdumalik Karimov uyiga chaqiruv asosida kelgan "tez yordam" shifokorini doʻpposlagani uchun qoʻlga olindi, deb xabar berdi anhor.uz. Shifokor travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan.

Abdumalik Karimovga nisbatan Jinoyat odeksining 277- (Bezorilik) moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

10 sentyabr kuni uning uyida shifokorni doʻpposlash bilan bogʻliq voqea "tez yordam" xodimlari tomonidan mobil telefonga yozib olingan va OAVda eʼlon qilingan.

Oʻsha kuni "tez yordam" shifokori Zafar Qayumov va feldsher Timur Hikmatov chaqiruv boʻyicha Karimovning uyiga uning bemor bolasini koʻrgani kelgan.

Audioyozuvga koʻra, Zafar Qayumovning ishidan qanoatlanmagan Abdumalik Karimov bolani kasalxonaga olib ketishlarini talab qiladi, soʻngra shifokorga zarba beradi. Mahalliy OAVning yozishicha, shifokor zarbadan yiqiladi va tibbiyot qutichasiga uriladi.

Respublika neyrojarrohlik markazidan xabar berilishicha, shifokorning peshona qismidagi yumshoq toʻqimalarga zarar yetgan, yopiq bosh suyagi-miya jarohatlanishi, miya chayqalishi, koʻz soqqasi gematomasi, ichki qon quyilishi yuz bergan.

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi tez yordam stantsiyasi xodimlarining aytishlaricha, Abdumalik Karimovning zoʻravonligidan umumiy hisobda besh nafar "tez yordam" shifokori jabr koʻrgan.

"Ularnikiga hech kim borishni istamaydi. Shu yilning avgustida Abdumalik Karimov Zafar Qayumovni urgan, shuning uchun bu safar u diktofon bilan borgan. Undan tashqari, Karimov yana toʻrt nafar shifokorni ham urgan", degan shifokorlardan biri.

Agar sudda Abdumalik Karimovning aybi isbotlansa u uch yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Asosiy mavzular