Toshkentda Lasetti urib yuborgan ayol hodisa joyida vafot etdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa Oq tulpor restorani qarshisida yuz bergan

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 2017 yil 25-sentabr kuni ertalab "Lasetti" haydovchisi tomonidan turtib yuborilgan piyoda ayol joyida vafot etdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
"Lada" mingan kollej o‘quvchisi "Kobalt", "Vaz" va "Matiz"ni pachaq qildi
Xabarda qayd etilishicha, hodisa Chilonzor tumanida joylashgan "Oq tulpor" restorani qarshisida ro‘y bergan.

Haydovchi 25 yoshli yigit, halok bo‘lgan ayol esa 36 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

© GUVD TashkentaDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Tashkente

 

Yangiliklar lentasi
0