Samarqandda qarzdorlar Majburiy ijro burosi xodimlariga tan jarohati yetkazishdi

© Novosti UzbekistanaGazoviy elektronniy schetchik
Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Samarqand viloyatida Majburiy ijro burosi xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari uchramoqda, deb xabar berdi uzbekistan24.uz.

Xabar qilinishicha, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani "Gulzor" mahallasida istiqomat qiluvchi Fahriddin Tursunovning iste’mol qilgan elektr energiyasidan 7 million so‘mdan ziyod qarzdorligi aniqlanib, buro xodimlari tomonidan xonadonni tarmoqdan uzayotgan vaqtida Tursunov davlat inspektori Toshmatovni haqoratli so‘zlar bilan nafsoniyatiga tegib, turli tan jarohatlari yetkazgan.

Uy - Sputnik O‘zbekiston
MIB birovning uyiga ega chiqqan oilani majburan ko‘chirib chiqardi

Payariq tumanidagi "Chol Mo‘yin" mahallasida yashovchi ota-bola Baxtiyor va Bahrom Qilichovlar savdo do‘konlariga o‘g‘rincha yo‘l bilan elektr simini tortib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi Majburiy ijro burosi xodimlari tomonidan fosh qilingach, hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida do‘kon egalari tayoq, tosh hamda qo‘l-oyoqlari bilan MIB xodimlariga tan jarohati yetkazishgan.

Pastdarg‘om tumani "Novchandir" mahallasida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Buro xodimlari Soyibjon Jumonovni elektr energiyasidan qarzi borligidan ogohlantirish maqsadida xonadoniga kirganda uy egasi tomonidan turli uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlangan. Shuningdek, uy egasi buro xodimining yuziga musht tushirgan.

Ayni vaqtda yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 219-moddasida xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 140-moddasida esa haqorat qilganlik uchun eng kam oylik ish haqining 600 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0