Vladimirda jabrlangan yo‘lovchilar Moskvaga olib kelinadi

© MChS RF Fragment passajirskogo avtobusa, stolknuvshegosya c poyezdom na jeleznodorojnom pereyezde nepodaleku ot stansii Pokrovka vo Vladimirskoy oblasti. Maksimalno vozmojnoe kachestvo.
Fragment passajirskogo avtobusa, stolknuvshegosya c poyezdom na jeleznodorojnom pereyezde nepodaleku ot stansii Pokrovka vo Vladimirskoy oblasti. Maksimalno vozmojnoe kachestvo. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrlanganlarni Moskvaga olib kelish masalasi hal qilinmoqda, voqea joyida tibbiyot va psixologlar xizmatlari ishlamoqda, tergovgacha surishtiruv olib borilmoqda

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashgan joyda tergovgacha surishtiruv olib borilmoqda, shuningdek, jabrlanganlarni Moskvaga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

Moskva transport bo‘yicha hududlararo tergov boshqarmasi yo‘lovchi poyezdi va avtobus to‘qnashuvi holati bo‘yicha tergovgacha surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi Rossiya tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Vladimirdagi fojia tafsilotlari - dastlabki xulosalar

Bugun Moskva vaqti bilan tungi uch yarimlarda Qozog‘iston davlat raqamiga ega avtobus va Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan poyezd to‘qnashib ketgan.

Voqea joyida Rossiya FVV yong‘in o‘chirish-qutqarish bo‘linmalari ishlamoqda, yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan. Vladimir viloyati rahbariyati tibbiy xizmatchilar bilan birgalikda halokatda jabrlanganlarni Moskvaga olib borish masalasini hal qilmoqda.

"Jabrlanganlarni olib ketish masalasi hal qilinmoqda. Bizga hozirgina Leonid Mixaylovich Roshal qo‘ng‘iroq qildi. U konsultatsiyalar o‘tkazishga tayyor. Transport tibbiy xizmati shu yerda va biz shifokorlar ish olib bormoqdamiz, ishlar yakuniga yetishi bilan jabrlanganlarni olib ketish haqida qaror qabul qilamiz", — dedi viloyat sog‘liqni saqlash departamenti direktori Aleksandr Kiruxin.

Roshal jabrlanganlarni Moskvaga olib kelishni taklif qilgan. Hozirda kasalxonada uchta katta yoshlilar va ikki nafar bola yotibdi. Bolalar uch-to‘rt yoshlarda.
Shifokorlar FVV tashkil etgan vaqtinchalik joylashtiruv markaziga joylashtirilgan yo‘lovchilarni tekshirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Qozog‘iston raqamiga ega Mercedes avtobusi temir yo‘lni kesib o‘tayotib yurmay qolgan. Avtobusdagi yo‘lovchilar uxlayotgan bo‘lgan. Avtobusda jami bo‘lib 50 kishi bo‘lgan, ulardan 15 nafari o‘zbekistonlik bo‘lganligi aytilmoqda. Yo‘lovchilarning 34 nafari avtobusdan tushishga ulgurgan.

Yangiliklar lentasi
0