13:34 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Hodisalar
Havola olish
471 0 0

Abdurasul Joʻraboyev internetda AQShning oʻsha davrdagi prezidenti Barak Obamaga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan. U shuningdek, jangarilarga qoʻshilish uchun Suriyaga borishini bildirgan

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Nyu-Yorkda Oʻzbekiston fuqarosi Abdurasul Joʻraboyev "Islom davlati" terrorchilik guruhini qoʻllab-quvvatlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Nyu-York sharqiy okrug federal prokurori idorasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Joʻraboyev terrorchilik tashkilotini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jinoyat ishiga aloqador olti shaxsdan biridir. U xorij terrorchilik tashkilotini moddiy qoʻllab-quvvatlashda aybdor deb topildi. Jazo muddatini oʻtaganidan soʻng u Oʻzbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ish hujjatlariga koʻra, Joʻraboyev 2014 yilda internet orqali prezident Barak Obamaga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan. U shuningdek, jangarilarga qoʻshilish uchun Suriyaga borishini bildirgan.

Nyu-York politsiyasi boshligʻi Jeyms O'Nilning aytishicha, u Bruklinda istiqomat qilgan va Suriyaga borishni rejalashtirgan.

"Agar bunga erisha olmasa, u Koni-Aylendda bomba portlatish yoki Qoʻshma Shtatlar prezidentini oʻldirishni rejalashtirgan", — dedi politsiya boshligʻi.

Asosiy mavzular