Samarqandda "Abdulla dollarchi" noma’lum shaxslar tomonidan so‘yib ketildi

© SputnikUbiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkakning bir nechta do‘koni bo‘lgan va u chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida noma’lum shaxslar tomonidan shu tumanda yashovchi eng yirik valyutafurushlardan biri, xalq orasida "Abdulla dollarchi" deya nom qozongan — Abdulla Orifjonovga hujum uyushtirildi.

O‘zbek militsionerlari - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurash kuchaytirildi
Orifjonovdan xorijiy valyutada yirik summani tortib olgach, noma’lum shaxslar dollarfurushni olma bog‘iga tashlab  ketishgan. Bu haqda "Ozodlik radiosi"ga tayangan holda "Podrobno" nashri xabar berdi.

Erkak tumandagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan. Uning sog‘lig‘i holati noma’lumligicha qolmoqda.

"Noma’lum shaxslar Abdulla dollarchiga pichoq bilan hujum qilib, uning pullarini tortib olishgan. Bir necha ming dollarini o‘g‘irlashgan, o‘zini esa olma bog‘iga tashlab ketishgan. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. Orifjonovga pichoq bilan hujum qilgan shaxslar qidiruvda", — deb xabar qilgan huquqni muhofaza qilish xodimlaridan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulla Orifjonov Pastdarg‘om tumanidagi eng boy odamlardan biri bo‘lgan.

Erkak bir nechta do‘konga ega bo‘lgan, shuningdek, u chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan ham shug‘ullangan.

Qishloqdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, aynan shu sababli mahalliy aholi Orifjonovga "Abdulla dollarchi" deya laqab qo‘ygan.

"U faqat yirik summadagi valyutalarni almashtirgan. Aytishlaricha, noma’lum shaxslar unga pul tufayli hujum qilishgan. Abdulla o‘zi bilan hamisha 5-10 ming dollar olib yurgan", — deb aytgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqarolardan biri.

Yangiliklar lentasi
0