"O‘zbekkino" milliy agentligi Baramikov oilasiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mohir musiqachi, bastakor kuni kecha ertalab tong sahar 6da uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 14-noyabr kuni O‘zbekiston kino arboblar ijodiy uyushmasi a’zosi, taniqli kompozitor, ovoz rejissori Vladimir Valentinovich Baramikov uzoq vaqt xastalikdan so‘ng 68 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

Vladimir Baramikov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Sado" guruhi asoschisi Vladimir Baramikov vafot etdi
"O‘zbekkino" Milliy agentligi va Kino arboblar uyushmasi Vladimir Baramikovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirmoqda.

Bu haqda agentlikning rasmiy saytida keltirilgan.

Mohir musiqachi, kompozitor, ovoz rejissori, produser Vladimir Valentinovich Baramikov 1949-yil 3-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. "SADO" va "NAVO" ansambllari asoschisi. Vladimir Baramikov 150 dan ziyod hujjatli va badiiy filmlar uchun yozilgan original musiqa va qo‘shiqlar muallifi.

Yangiliklar lentasi
0