06:41 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
164822

Bemorlardan biri qochish boʻyicha "professional" ekanligi qayd etilmoqda

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ichki ishlar tizimidagi manbadan olingan xabar asosida.

Hodisa bugun roʻy bergan. Bemorlar haqida toʻliq maʼlumot hozircha berilmayapti.

Manbaning soʻzlariga koʻra, ruhiy xasta bemorlar turli jinoyatlarda ayblangan boʻlgan.

Ulardan biri oʻgʻirlik, ikkinchisi ogʻir tan jarohatini yetkazish, uchinchisi esa giyohvand vositalani oʻtkazish, badanga qasddan ogʻir tan jarohatini yetkazish va ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish moddalari boʻyicha ayblangan.

Bemorlar kasalxonadan qay tarzda qochib ketishgani nomaʼlum.

Sputnik muxbiri Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasiga qoʻngʻiroq qilganida, telefon goʻshagini koʻtargan xodim hozircha bu borada izoh bera olmasligini maʼlum qildi.

Toshkent shahri boʻyicha barcha postlar kuchaytirilgan, jinnixonadan qochgan bemorlar IIB xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

Asosiy mavzular