Toshkentda piyodalarni ommaviy tarzda jarimaga tortish boshlandi

Obuna bo‘lish
20-26 noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yo‘l qoidalarini buzgan 414 nafar piyoda jarimaga tortildi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarni ommaviy tarzda jarimaga tortish boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Avtomobil GAI - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ko‘rinmas" raqamli avtomobil ushlandi

Shu 6 kunning o‘zida, ya’ni 20-26 noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan 414 nafar piyoda jarimaga tortildi.

YHX xodimlari jarimalarni fuqarolarning pasportlari asosida rasmiylashtirilmoqda. Pasport bo‘lmagan hollarda, inspektor huquqbuzar telefonidan foydalangan holda SMS xabar yuborish orqali fuqaro shaxsini aniqlanishi mumkin. Telefon va pasport ham bo‘lmagan holatlarda esa, huquqbuzarning shaxsini aniqlash uchun IIBBga olib ketiladi. Jarimani 45 kun ichida to‘lash talab etiladi, aks holda ish sudga jo‘natiladi.

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksining 138 moddasi piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi bo‘yicha javobgarlik amal qiladi. 

Piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaganligi, ularning yo‘lning harakati qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblar yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalaridan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarimaga solishga sabab bo‘ladi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda piyodani urib, hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Shu 6 kun davomida Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari 17,6 mingdan ortiq yo‘l harakat qoidabuzilishlarini aniqlashdi. Ulardan 1,2 mingdan ortig‘i tezlikni oshirish, 549 ta svetafor taqiqlovchi signallarga amal qilmaslik, 156 ta transport vositasini mast holda boshqarish, 568 ta mobil telefondan foydalanish qoidabuzarliklari tashkil qildi.

Bundan tashqari, YHQ buzilishini qayd etish nazorat kameralari 2,4 mingdan ortiq qoidabuzarliklarini aniqladi. Ulardan 616 tasi svetoforning taqiqlovchi signalida harakatlanish, 1,7 mingdan ortiq transport vositasini belgilangan harakat tezligini oshirib yuborish huquqbuzarliklari tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0