Qirg‘izistonga 500 ming $dan ortiq pulni olib chiqishga uringan fuqarolar ushlandi

© Sputnik / NewsTeamDollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami
Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat yuzasidan MXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan JKning 182 moddasi - bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. MXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdorda xorijiy valyutaning respublika hududidan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yishdi. "O‘zbekiston-24" telekanali xabariga asosan.

Uzbekskie pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari yirik miqdorda kontrabanda mobil telefonlarni qo‘lga olishdi

Xabarda aytilishicha, Uchqurg‘on tumanidagi Qirg‘izqurg‘on chegara oldi aholi punkti yaqinidagi mazkur tumanning Qalacha mahallasida yashovchi 53 yoshli fuqaro Hamroxo‘ja Umirzoqov boshqarib kelayotgan "Damas" rusumli avtomashinasi to‘xtatilgan.

Avtomashinaning ichida tumanning Sohil mahallasida istiqomat qiluvchi 20 yoshli fuqaro Islom Qambarov ham bo‘lgan.

Avtomobil belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda Islom Qambarovga tegishli bo‘lgan polietilen qopda noqonuniy yo‘l bilan respublikadan tashqarisiga olib chiqishga mo‘ljallangan, yaxshilab skoch bilan o‘ralgan — 469 ming AQSh dollar va 4,1 million Rossiya rubli topilgan.

Bu mablag‘lar milliy valyutada hisoblanganda 4 milliard 372 million so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu holat yuzasidan MXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan JKning 182 moddasi — bojxona to‘g‘risidagi  qonun hujjatlarini buzish bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu moddada eng ko‘pi 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qo‘llanishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0