Moskvada yashirin bosmaxona aniqlandi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bosmaxonada O‘zbekiston fuqarolari qalbaki migratsion kartalar, haydovchilik guvohnomalar, patentlar, diplom va kasallik varaqlarni tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanishgan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Huquq tartibot organ xodimlari Moskvada yashirin bosmaxona aniqlashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiyada terrorchi yollaganlarga bir umrlik qamoq jazosi beriladi

Xabarda aytilishicha, ushbu bosmaxonada O‘zbekiston fuqarolari qalbaki migratsion kartalar, haydovchilik guvohnomalar, patentlar, diplom va kasallik varaqlarini chop etish ishlari bilan shug‘ullanishgan.

Bugungi kunda ushbu holat bo‘yicha "qalbaki aksiz markalarni ishlab chiqarish va sotish" bandi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

O‘tgan haftada Podolsk shahrida kontrafakt alkogol ishlab chiqarish yashirin korxonada 40 tonna spirt va 15 tonna tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik aniqlandi. Ushbu korxonada O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0