03:55 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Skoraya pomoщ, arxivnoye foto

TIV Ryazan viloyatida is gazidan zaharlangan oʻzbekistonliklar haqida maʼlumot berdi

© sputnik Stas Etvesh
Hodisalar
Havola olish
397 0 0

Amaliy yordam berish va masalalarni oʻz oʻrnida hal etish maqsadida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan joʻnab ketishgan

TOSHKENT, 12 yanv – Sputnik. Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 11yanvarga oʻtar kechasi Sheremetyevo qishlogʻida joylashgan uyda zaharli gaz isidan 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi zaharlangan, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xoʻjaligida mehnat qilishgan.

Zaharlanish oqibatida, 1966 yilda tugʻilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumanilik Samadov Panji Norsoatovich, 1966 yilda tugʻilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanilik Pazilov Oʻrmonjon Numonovich, 1969 yilda tugʻilgan, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanilik Mirzojonov Alijon Yuldoshovich va1981 yilda tugʻilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrilik Xayitov Samat Ilmuratovich olamdan oʻtgan.

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanilik Saidov Sherxon Muhammadovich (1990 yilda tugʻilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya boʻlimida salomatligi ogʻir holatda saqlanmoqda.

Amaliy yordam berish va masalalarni oʻz oʻrnida hal etish maqsadida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan joʻnab ketishgan.

Asosiy mavzular