04:22 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Ograjdeniya na granitse

Oʻzbek-afgʻon chegarasida ikki nafar nolegal qoʻlga olindi

© Flickr / Noborder Network
Hodisalar
Havola olish
69001

Chegarabuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq chora koʻriladi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. MXXning Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi xodimlari oʻzbek-afgʻon chegarasida ikki nafar chegarabuzarni qoʻlga olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri muassasa vakiligia asosan.

“Ushbu yilning 3 yanvarida Termez tumanidangi chegaraga yaqin joylashgan Juyjangal aholi punktida, qorongʻulikdan foydalanib chegarani noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan ikki nafar Afgʻoniston fuqarosi qoʻlga olindi”, — deyilgan Qoʻmita xabarida.  

Qoʻlga olingan fuqarolar, keyin maʼlum boʻlishicha, Surxondaryo viloyatining Termez tumani hududiga oʻtib olmoqchi boʻlishgan.

Ayni damda tergov-taftish ishlari olib borilmoqda. Ularning natijasiga koʻra, chegarabuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq chora koʻriladi.

Asosiy mavzular